Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutini rektori U.R.Salomov boshchiligidagi delegatsiya 10 apreldan 16 aprelgacha rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasining Pekin va Tianjin shaharlarida bo’lib qaytdi.

SHimoliy Xitoy Texnologiya Universitetining Prezidenti janob Ding Xui va vitse-prezidenti SHen Zili xonim bilan hamkorlikning yanada rivojlantirish va ikki tomonlama ta’lim tizimini joriy etish maqsadida “Andijon mashinasozlik instituti-SHimoliy Xitoy Texnologiya Universiteti Zamonaviy Muxandislik fakulteti” ni tashkil qilishga oid kelishuv muhokama qilindi va imzolandi.

Ushbu tashrif 2018 yil 14 avgustda imzolangan SHimoliy Xitoy Texnologiyalari Universiteti va Andijon mashinasozlik instituti o’rtasida imzolangan xamkorlik memorandumi va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo’shma ta’lim dasturlari va ikki tomonlama diplom berish amaliyotini joriy etish maqsadida imzolangan qo’shma dastur shartnomasining uzviy davomi bo’lib, ushbu dastur asosida SHimoliy Xitoy Texnologiyalari Universitetida taxsil olayotgan Andijon mashinasozlik instituti talabalari bilan ularning o’qish va yashash sharoitlari bo’yicha talabalar bilan uchrashuv o’tkazildi.