Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019 yil 19-aprel kuni Andijon mashinasozlik institutida Qo`rgontepa tumani 34-maktab o`quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir davomid O’quv uslubiy bo’lim uslubchisi I.Boynazarov o`quvchilarni institutdagi mavjud ta`lim yo`nalishlari bilan tanishtirish bilan birga institutning o`quv laboratoriya xonalari, Axborot texnologiyalari markazi, Axborot resurs markazi, sport zallari bilan yaqindan tanishtirdi. Institutda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida aytib o`tdi. Shu bilan birga institut talabalarining o`quv, ilmiy, ma’naviy va sport sohalaridagi yutuqlari va bu borada talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida ma`lumot berdi.