Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik instituti 2-TTJda muntazam ravishda professor-o’qituvchilardan iborat tarkibda navbatchilik tashkil qilingan. Aprel oyining 12-sanasidan may oyining 5-sanasiga qadar “Avtomobilsozlik” fakultetiga qarashli kafedralar grafik asosida navbatchilik qiladilar. 17-aprel kuni fakultet binosi va 2-TTJda “UTF” kafedrasining o’qituvchilari N.Boboev hamda B.Ibragimjonovlar navbatchilik olib bordilar.

     Institutning 2-TTJda navbatchilik vazifasini bajargan N.Boboev o’ziga berilgan topshiriqlarni bajarib, yotoqxonada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlari, muammolari hamda yotoqxona ichki-tartib qoidalariga amal qilishlari bilan tanishib chiqdi.  

     Ma’lumki, shu kunlarda respublikamiz bo’ylab mazkur tashabbus ijrosi doirasida davra suhbatlari, tadbirlar, sport musobaqalari o’tkazilmoqda. Shu munosabat bilan N.Boboev kechki dam olish vaqtida 2-TTJning bir guruh talabalar bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning shu yilning 19-mart kuni Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga oid 5 ta muhim tashabbusning mazmun-mohiyati bo’yicha suhbat uyushtirdi.

     Suhbatda ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish yuzasidan TTJ da istiqomat qiluvchi talabalarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun sport va kompyuter zallari, kutubxonalar, o’qish zallari, dam olish xonalaridan unumli hamda samarali foydalanish lozimligi aytildi.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi