Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son farmonida mart-aprel oylari davomida “Huquqiy madaniyat oyligi”ni tashkil etish vazifasi belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yilning 18-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi kichik anjumanlar zalida sayyor sud majlisi o’tkazildi.

     Unda Jinoyat ishlari bo’yicha Andijon shahar sudining sudyasi A.Isakov, sudya yordamchisi A.Mahkamov, Andijon shahar prokurori yordamchisi X.Raxmonov, Andijon shahar “Nur-Ziyo Femida” advokatlar hay’ati advokati S.Xusanov, Hudud IIO FMB profilaktika inspektorlari, 30 nafar talabalar ishtirok etdilar.

     Sayyor sud avvalida Jinoyat ishlari bo’yicha Andijon shahar sudi sudyasi A.Isakov so’z olib, jinoyat ishlari bo’yicha Andijon shahar sudining ish faoliyati bilan tanishtirib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytish bo’yicha  qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-5268-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, eng avvalo, jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning ishonchli kafolatlarini ta’minlashga, shuningdek, ularning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari cheklanushiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotganligi to’g’risida axborot berdi.

     Sayyor sud davomida korruptsiya, o’g’irlik hamda giyohvandlik kabi jinoyat turlari bo’yicha javobgar shaxslarning ishlari ko’rib chiqildi va qonunda belgilangan tartibda ushbu shaxslarga tegishli choralar ko’rildi.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi