Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yil 19-mart kunidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining murojaatnomasidagi Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport soxasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan bo’lib, uni  ijrosini ta’minlash maqsadida, Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi tashabbusi bilan 16-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti “Transport va logistika”, “Avtomobilsozlik” fakultetlar binosi sport zalida sportning “Voleybol” turi bo’yicha institut talaba qizlar hamda Andijon shahridagi 16-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari o’rtasida o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazildi.

     Bellashuv avvalida institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatov so’z olib sport har kunimizga hamroh bo’lishi, yoshlarni ham ruhan ham jismonan barkamol avlod bo’lib yetishishida muhim omil bo’lib xizmat qilishi haqida aytib o’tdi va bellashuv  ishtirokchilariga omad tiladi.

     O’zaro o’rtoqlik uchrashuvi sifatida jami to’rtta bo’lim asosida tashkil etilgan musobaqa yakunida umumiy hisob 2:2 ko’rinishga keldi va do’stlik g’alaba qozondi. Talaba-yoshlar o’rtasida sport musobaqalarini tashkil etish davom etmoqda.  

 

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi