Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi  PQ-2909, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775 qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “O’zbekistonda “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat ta’lim yo’nalishini innovatsion g’oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” mavzusidagi loyihasi bilan qatnashib O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Akademik innovatsiyalar fondi Granti tanlovida Resbuplikamizning sanoqli OTMlari qatorida g’olib chiqdi. G’olib chiqqan loyihalar Jahon banki tomonidan 60000 AQSH dollari miqdorida moliyalashtirildi.

2019 yil mart oyidan boshlangan va davomiyligi 16 oy muddatga belgilangan. Loyiha koordinatori  “Mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” kafedrasi mudiri dots. YO.Kurbonov. Ishchi gurux tarkibiga J.Raxmatullaev, O.Parpiyev va F.Dumaxonov kiritilgan.

Ushbu loyixa “Mexatronika va robototexnika” yo’nalishi bo’yicha jaxonning yetakchi Oliy ta’lim muassasalari va “GM Uzbekistan” AJ hamkorligida amalga oshirilmoqda. Loyixaning asosiy maqsadi yurtimizda zamonaviy texnologik muammolarni (sanoat 4.0) hal qila oladigon yangi avlod muhandislarini innovatsion ta’lim asosida tayyorlash bo’yicha o’quv dasturini ishlab chiqish va modernizatsiya qilishdan iborat. SHuningdek loyixa davomida quyidagi ishlar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan:

  • Sankt-Peterburg politexnika universiteti va SHimoliy Xitoy texnologiyalar universitetida AndMI professor-o’qituvchilarini malakasini oshirish;
  • Andijon mashinasozlik institutida o’quv va ilmiy laboratoriya yaratish;
  • YAqin istiqbolda sohani rivojlanishini inobatga olgan holda “Forsayt – mexatronika” markazini yaratish;
  • Ayol tadqiqotchilarni qo’llab quvvatlash;
  • Loyixani barqaror rivojlantirish maqsadida Web sayt yaratish.