Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutining katta anjumanlar zalida 2019 yil 30 mart kuni institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Ilmiy kengash yig’ilishida Kengash a’zolari, bo’lim boshliqlari, kafedra mudirlari ishtirok etdilar. Ilmiy kengashda quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi.

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarorining ijrosi hamda institut bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi dolzarb masalalar haqida.

Notiq – O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.M. Ermatov

2.1. Ijro intizomi va hujjatlar nazorati (O’zbekiston Respublikasining Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari ijrosi)  hamda ushbu jarayonni amalga oshirish haqida.

2.2. Institutdagi fakultet, kafedra hamda tarkibiy bo’linmalardagi ijro intizomi holatini o’rganish (“Tillar” kafedrasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o’qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 610-son Qarorining ijrosi) to’g’risida.

Notiqlar – Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i  
U.Q. Sabirov, “Tillar” kafedrasi mudiri N.Mirzaeva

  1. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar hamda professor-o’qituvchilardan turli maqsadlarda noqonuniy pul yig’ishlar va korruptsiyaning oldini olish bo’yicha Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida olib borilayotgan ishlar to’g’risida.

Notiq – Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti dekani
M-A.X. Eshonov

4.1. Talabalarning YAkuniy davlat attestatsiya sinovlariga tayyorgarlik ishlarining borishi haqida.

4.2. Talabalarning malakaviy va bitiruv oldi amaliyoti haqida.

4.3. 2018-2019 o’quv yilining birinchi yarim yillik yakunlari haqida.

Notiq – O’quv ishlar bo’yicha prorektor  Q.Ermatov

  1. Iqtidorli talabalarni yarim yillik hisobotlari hamda doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari to’g’risida.

         Notiq – Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor
B.D. Mamadjanov

SHu bilan birga Ilmiy kengash yig’ilishida turli masalalarga ham e’tibor qaratildi.