Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019-yil 3-apreldagi 05-09/1840-sonli xati, shuningdek YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining 2019-yil 29-martdagi 087/19-sonli xatiga asosan, Tabiiy fanlar sohasidagi YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti 2019-yil tanlovi e’lon qilindi.

     Mazkur mukofotning asosiy maqsadi Yunesko tashkilotiga a’zo davlatlarda alohida shaxslar, institutning va nodavlat tashkilotlar tomonidan inson hayotining yaxshilanishiga salmoqli hissa qo’shgan ilmiy tadqiqot loyihalari va faoliyatlarini mukofotlashdan iborat. YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti 350,000 AQSH dollariga teng bo’lib, tanlovda muvaffaqiyatli qatnashgan uch nomzod o’rtasida teng taqsimlanadi.

     Tanlovda qatnashish uchun quyidagi havola http://unesco.org./egip/account-requist orqali onlayn tarzda joriy yilning 15-may kuniga qadar ro’yxatdan o’tiladi. Ro’yxatdan o’tishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi.

  • ariza varaqasi;
  • nomzodning mukofot maqsadlariga qo’shgan hissasi bo’yicha axborot (1000 ta so’zdan oshmagan);
  • nomzodning ilmiy-amaliy faoliyati bo’yicha qisqacha ma’lumot;
  • nomzodning muhim o’nta ilmiy nashrning ro’yxati.

 

Tanlov to’g’risidagi qo’shimcha ma’lumotlar ilovasini institutning telegramm ijtimoiy tarmog’ida @andmiedu manzilidan yuklab oishingiz mumkin.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi

Manbaa: Institutning Xalqaro aloqalar bo’limi