Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Yunesko ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasining 2019-yil 13-martdagi №062/19 sonli xatiga atrof-muhitni asrash qilish sohasida SULTON QOBUS MUKOFOTI bo’yicha tanlov e’lon qilinganligi to’g’risida ma’lum qiladi.

     Mazkur tanlov atrof-muhit va tabiiy manbalarni tadqiq qilish, atrof-muhit ta’limi va o’quv mashg’ulotlari, atrof-muhitni asrash bo’yicha xabardorlikni oshirish va biosfera qo’riqxonalari, umumjahon tabiiy meroslari va YUNESKO geologic bog’lari kabi qo’riqlanadigan hududlarda barqaror turizmi shakllantirish va boshqarish kabi sohalarga hissa qo’shgan alohida shaxslar, guruhlar va tashkilotlarni rag’batlantirish maqsadida joriy etilgan.

     Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi Sulton Qobus mukofoti miqdori 100,000 AQSH dollardan iborat

     Shu munosabat bilan , mazkur tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarni ko’rsatishingizni va ilovada keltirilgan anketalarni to’ldirib, vazirlikning Xalqaro aloqalar bo’limiga 2019-yil 1-mayga qadar yuborishingizni so’raymiz. Anketani elektron shaklini institutning telegramm ijtimoiy tarmog’idagi @andmiedu kanalidan yuklab olishingiz mumkin.

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi

Manbaa: Institutning Xalqaro aloqalar bo’limi