Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda uyushmagan yoshlar o’rtasida Quvnoqlar va zukkolar Respublika ko’rik tanlovning Andijondagi hududiy saralash bosqichi o’tkazildi.

     Ko’rik tanlovda Andijon mashinasozlik institutining Beklar, Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining Og’alar, Andijon davlat tibbiyot institutining Ulfatlar, Andijon davlat universitetining Universal, Qo’qon davlat pedagogika institutining Onlayn hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Asaka tuman Kengashining Ideal shou jamoalari o’zaro bellashdilar.

     Ko’rik tanlov yakunida  Andijon mashinasozlik institutining  Beklar, Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining Og’alar jamoalari g’olib bo’lib, chorak final yo’llanmasini qo’lga kiritdilar.

  

    

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi