Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Joriy yilning 11 aprel kuni institutda Germaniyaning «ABM Technik», injenering kompaniyasi mas’ulligida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona va firmalarni jalb qilgan holda   «OPEN Mind», «Index-Traub», «Chiron» va «Guhring» kabi metallarga ishlov berish va ularning dasturiy ta’minoti, tokarlik, frezerlik dastgohlarini ishlab chiqaruvchi nemis kompaniyalari hamda ularning mahsulotlarini taqdimot seminari o’tkazildi. Taqdimotni institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.M.Ermatov ochib berdi.

“ABM Anlagenbau und Maschinentechnik GmbH”  kompaniyasi taqdimotini –  Dadamuhamedov  Abduvaxob, – «OPEN Mind» kompaniyasining taqdimotini Slava Botsvine, «Index-Traub» kompaniyasi taqdimotini – Viktor Blehm, CHIRON-WERKE GmbH &Co.KG kompaniyasining taqdimotini – Michail Drobizow  va «Guhring» kompaniyasining taqdimotini- Baxrom Tulaganovlar olib bordilar. Taqdimotni viloyat televideniyasi video tasmaga tushirdi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona va firmalar vakillari savollariga ma’ruzachilar to’laqonli javob berdilar.