Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 15-aprel kuni institutning Transport va logistika fakulteti binosi “Tillar” kafedrasida ingliz tili fanidan barcha bakalavriat  yo’nalishlari talabalari o’rtasida olimpiada o’tkazildi.

      Ingliz tili fan olimpiadasining maqsadi Andijon mashinasozlik instituti talabalarining ingliz tili fani bo’yicha o’z qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, iste’dodlarini ro’yobga chiqarishdan iborat. Ingliz tilidan fan olimpidasi CEFR talablari asosida o’tkazildi. Talabalar olimpiada shartiga ko’ra quyidagi shartlarni bajardilar:

  1. Listening;
  2. Reading;
  3. Writing;
  4. Speaking;

         Talabalarning javoblari 100 ballik sistemada (har bir topshiriqqa 25 ballgacha) baholandi.

         Ingliz tili fani bo’yicha olimpidada kafedra o’qituvchilari N.Mirzaeva, M.Azizova, F.Karimova, N.Nurmatova, N.Irgasheva, E.Muratova, M.Xusanova,  G.Madraximova, U.Nizomova, M.Xasanova va Debators Union klubining raisi S.Yusupov xakamlik qildilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi