Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev xuzurida 2018 yil 28 oktyabr kuni oliy ta’lim sohalarini yanada rivojlantirish masalariga bag’ishlab o’tkazilgan majlis bayonining 5 bandi 1 qismi ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti “Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universiteti bilan erishilgan kelishuvlar asosida ularning professor-o’qituvchilari tomonidan Andijon mashinasozlik instituti institut talabalari uchun “onlayn” tizimda 2019 yil 15 aprel kuni rejalashtirilgan “Pedagogika. Psixologiya” fanidan “Faoliyat psixologiyaisi” mavzusida ma’ruza mashg’uloti o’tkazildi.

Ma’ruza mashg’ulotini Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universiteti «Umumiy psixologiya va konfliktologiya” kafedra dotsenti psixol.f.n. Vodyaxa Yuliya Yevgenevna tomonidan olib borildi. Tinglovchilar – Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti 3 kurs “Iqtisodiyot” yo’nalishi talabalari, ma’ruzani diqqat bilan tingladilar xamda mavzuga doir dolzarb savolarga mazmunli javoblarni oldilar. Ular inson faoliyatida motiv motivatsiyalari, xayotida o’z oldiga  qo’yiladigan maqsadlari xaqida batafsil ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Dars qizg’in baxs munozara asosida olib borildi.