Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019-yilning 15-aprel kuni Andijon mashinasozlik institutining «Transport va logistika» fakultetida an’anaviy ertalabki saf tortish tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Davlat bayrog’ini fakultetda o’tgan hafta davomida har tomonlama ilg’or bo’lgan «Kasb ta’limi» yonalishining 244-guruh talabalari tomonidan ko’tarildi.

Tadbirda fakultet dekani A.Ermatov so`zga chiqib barchani yangi o’quv haftasi boshlanganligi munosabati bilan talabalarning o’qishlarida muvafaqqiyatlar tiladi. Fakultet dekani so’zida davom etar ekan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev joriy yilning 19-mart sanasida bo’lib o’tgan videoselektorda ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusining birinchi va ikkinchi yo’nalishi ijrosi bo’yicha institutda o’tkazilgan fakultetlar aro talabalar teatr studiyasi ko’rik tanlovi hamda sport musobaqalarida faol ishtirok etgan talabalar fakultet dekanining faxriy yorlig’i bilan taqdirlandilar.

Tadbirda fakultet dekani, dekan o’rinbosarlari, kafedra mudirlari, faxriy ustozlar, kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

«Transport va logistika» fakulteti