Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Kuni kecha 11-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti rektori Uktam Rahimovich Salomov institut delegatsiyasi bilan Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy Xitoy texnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi va Universitet bilan yangi shartnomalar imzolashga muvaffaq bo’ldi.

Xabaringiz bor Andijon mashinasozlik institutining 5 nafar talabalari Shimoliy Xitoy texnologiyalar universitetida bir semestr davomida talabalar almashinuvi dasturi bo’yicha o’z bilimlarini oshirishmoqda.

Albatta, delegatlar andijonlik talabalar bilan bevosita uchrashib talabalar hayoti, o’qish faoliyati bilan bafurja tanishdilar. Bundan tashqari uchrashuvda rektor va talabalar ta’lim tizimi haqida qizg’in suhbat olib bordilar.

Andijon mashinasozlik instituti delegatsiyasi shu oyning 16-sanasida Oʻzbekistonga qaytib ketishadi.

Nigora Abdumuminova 
Pekin 
12.04.2019