Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

          Vazirlikning 2019 yil 10 apreldagi 87-04-618 sonli modemnomasiga asosan institutga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashining  2019 yil 10 yanvardagi kengaytirilgan yig’ilishi bayonnomasini ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik institutiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ishchi guruh vakillaridan Milliy gvardiya kadrlar bo’limi vakili A.Murodullaev joriy yilning  12 aprel kuni institut faollar zalida  institutning magistratura va bakalavriat ta’lim yo’nalishlari  talabalaridan bo’yi 190 smdan baland yigitlar, 175 smdan baland bitiruvchi qizlar bilan suhbat o’tkazdi. Suhbatning asosiy maqsadi bitiruvchi yoshlardan  milliy gvardiya talablariga mos keladigan bitiruvchi yigit va qizlarni  ish bilan ta’minlash masalasida o’tkazildi. Bitiruvchi talabalar savollariga Milliy gvardiya kadrlar bo’limi vakili A.Murodullaev batafsil javob berdi.