Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2019 yil 12 aprel kuni institutning 2-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o’rtasida “Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi tashabbusi bilan “Kafedra haftaligi” doirasida O’zbekiston musulmonlar idorasi Andijon viloyat vakilligi bilan hamkorlikda “Yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardagi axborot hurujlaridan saqlash va ularda odob-axloq madaniyatini shakllantirish” mavzusida bir piyola choy ustida davra suhbati o’tkazildi.

       Davra suhbatini institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova kirish so’zi bilan ochib, so’z navbatini Andijon shahar “Xoliqberdiboy” jome’ masjidi imom xatibi U.Nazirovga berdi.

       U.Nazirov o’z so’zida odob-axloq, islom madaniyati, axborot hurujlari, ustozlarga qilinadigan munosabat hususida fikr bildirdi.

       Jumladan, yoshlar orasida turli vositalar orqali mafkuraviy tahdidlar kuchayayotgan hozirgi murakkab davrda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida aholi qatlamlari va yoshlar ongida odob-axloq, ma’rifatni keng yoyish, sadoqat tuyg’usini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etishi, bu esa o’z navbatida, aholi ayniqsa, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda turli tahdidlarga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirish imkonini berishi to’g’risida to’htalib, barchani ogohlikka chaqirdi.

       Shuningdek, U.Nazirov davra suhbati davomida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan hadislar va rivoyatlardan misollar keltirib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar yosh avlodni odob-axloq va ma’rifat uyg’unligida tarbiyalashga, milliy o’zlikni asrab-avaylashga xizmat qiluvchi omil bo’layotganligi va zamon talabiga to’la javob beradigan yuqori malakali mutaxassis, shu bilan birga, ma’naviy va ma’rifiy, axloqiy, ruhiy-jismoniy jihatdan barkamol, Vatanga, el-yurtga sadoqatli inson bo’lib tarbiyalash dolzarb vazifalarimizdan biri ekanligi xususida so’z yuritdi.

       Shundan so’ng, Transport va logistika fakulteti dekani A.Ermatov so’z olib, institutda tahsil olayotgan talabalarning bilim olishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularga berilayotgan imkoniyatlar to’g’risida ma’lumot berib o’tdi.

      Davra suhbatida bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari, dekan muovinlari, 187 nafar talabalar va 23 nafar professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.