Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019 yil 11-aprel kuni Andijon mashinasozlik institutida Jalaquduq tumani 33-maktab o`quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir davomid O’quv uslubiy bo’lim uslubchisi M.Azimov o’quvchilarni institutdagi mavjud ta’lim yo’nalishlari bilan tanishtirish bilan birga institutning o’quv laboratoriya xonalari, Axborot texnologiyalari markazi, Axborot resurs markazi, sport zallari va bo’limlari bilan yaqindan tanishtirdi. Institutda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida aytib o’tdi. Shu bilan birga institut talabalarining o’quv, ilmiy, ma’naviy va sport sohalaridagi yutuqlari va bu borada talabalarga taratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi.