Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Talabalarning nazariy bilimlarini yanada mustahkamlsh va amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, sud-huquq sohalariada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirish, siyosiy-huququy bilim darajasi yuqori, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faoligini oshirish, faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, nazariy bilimlarini hayotga tadbiq etish ko’nikmalarini shakllantirish va o’z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda rag’batlantirish maqsadida 2019-yilning 8-aprel kuni institutning asosiy binosi faollar zalida “Tafakkur sinovlari” ko’rik tanlovining fakultetlararo institut bosqichi o’tkazildi.

     Ko’rik tanlovda Avtomobilsozlik va traktorsozlik fakultetining “Ittifoq”, Transport va logistika fakultetining “Temuriylar”, Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining “Temuriy izdoshlari” jamoalari o’zaro bellashdilar.

     3 ta shart asosida bo’lib o’tgan ko’rik-tanlovni institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi M.To’lanov, Muhandislik  pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi O.Po’latovalardan tashkil topgan hakamalar hay’ati jamoasi tomonidan kuzatib borildi. Tanlovda talabalarni bugungi kun bilan qay darajada hamnafas bo’lib yashayotganligi bugunning  muammolari va ularning yechimlarini aks ettirilgan ko’rinishlardan ham ayon bo’ldi. Tanlov yakunida Transport va logistika fakultetining “Temuriylar”jamoasi 3-o’rinni, Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining “Temuriy izdoshlari” jamoasi 2-o’rinni, Avtomobilsozlik va traktorsozlik fakultetining “Ittifoq” jamoasi esa faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdilar. Tanlov ishtirokchilariga institut rektorining faxriy yorliqlari topshirildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi