Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida 19-mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tgan edi. Unda davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu tashabbuslar bo’yicha Andijon mashinasozlik institutida qanday ishlar amalga oshirilayotganligini bilish maqsadida institut yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori Nurillo Ikromovga murojaat qildik.

Nurillo Avazbekovich yurtboshimizning 5 ta muhim tashabbusi haqida fikrlaringiz qanday?

-Muxtaram prezidentimizni ushbu tashabbuslari ta’lim tizimiga qaratilgan yana bir e’tibori deb o’ylayman. Biz ziyolilar, ushbu 5 ta muhim tashabbusni zo’r qiziqish va mamnuniyat bilan qabul qildik.Prezidentimiz oxirgi paytlarda yoshlar ma’naviyatni yuksaltirishga katta e’tibor qaratayotganligi barchamizni birdek quvontirmoqda. Tashabbusning har biriga nazar solsangiz, uning tub zaminida yoshlarni ma’naviyatni yuksaltirish, ularga keng imkoniyatlar yaratish kabi muxim masalalarni qamrab olgan. O’ylaymanki, yurtboshimizni tashabbuslari faoliyatimizning asosiy mezonlaridan biriga aylanadi.

Andijon mashinasozlik institutida muhim tashabbusni targ’ibotini olib borish bo’yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

-Albatta bildirigan 5 ta tashabbus ayni damdagi muhim vazifalarimizdan biri ekanligi bilan ham axamiyatlidir. Tashabbusni har birini bajarish maqsadida institutning chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ayni kunlarda institutdagi 4 ta fakultet va 18 ta kafedralarda prezidentimizning muhim tashabbuslari yuzasidan targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Fakultet binoalari va kafedralarda tashabbusda ilgari surilgan masalalar yuzasidan ko’rgazmalar tashkil qilindi. Bir necha bor, talabalar ishtirokida yig’ilishlar va seminarlar o’tkazilib, prezidentimizning tashubbuslarining mazmun-mohiyati bo’yicha tushunchalar berib o’tildi.

Tashabbusda ko’rsatib o’tilgan yo’nalishlarni ijrosini ta’minlash qanday yo’lga qo’yildi?

Prezident tashabbusi bilan tanishib chiqar ekanmiz, axoli va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, yoshlar ma’naviyatni yuksaltirish ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish kabi muhim masalalar ko’rsatib o’tilganligiga guvox bo’lishimiz mumkin. Albatta, prezidentimizning bu tashabbusi yoshlarga davlat darajasidagi qaratilayotgan yana bir e’tibordir.

Bugungi kunda Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazi (ARM) da 5 ta bo’lim faoliyat ko’rsatadi. ARMda 3 ta abonement, 4 ta o’quv zali 80 o’rinli, talabalar turar joylarida 2 ta o’quv zali 40 o’rinli, Jalaquduq tumanida ARMning 5 ta shoxobchasi mavjud. Hozirgi kunda Axborot-resurs markazining umumiy fondi 48730 nomda 172228 nusxani tashkil qiladi.

 Axborot-resurs markazidagi Elektron o’quv zali 20 ta o’rinli bo’lib, barcha kompyuterlar Internetga ulangan. ARM da Wi-Fi zonasi mavjud. Kitobxonlarga, ayniqsa talabalarga qulaylik yaratish maqsadida, Telegram ijtimoiy tarmog’ida ishga tushirilgan ARM ning @andmiarm_bot saxifasiga institutdagi mavjud ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 2124 nomda 74,15 Gb hajmdagi fan dasturida keltirilgan asosiy adabiyotlar, o’quv-uslubiy majmualar, shuningdek badiiy adabiyotlar joylashtirildi.

 Axborot-resurs markazi fondidan institutga biriktirilgan Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining 27 nafar professor-o’qituvchilariga 42 nomdagi darslik va o’quv qo’llanmalar hamda elektron kutubxona ma’lumotlar bazasidan 29 Gb hajmda 316 nomdagi ijtimoiy-siyosiy va badiiy adabiyotlarni kompakt disklarga ko’chirib berish orqali amaliy yordam ko’rsatildi. Axborot-resurs markazida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi hamda Axborot-resurs markazining faoliyatini tubdan takomillashtirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi. Axborot-resurs markazi kompyuterlariga o’rnatilgan “ARMAT” dasturiga jami 16362 nomdagi o’quv adabiyotlarning bibliografik tavsifi kiritilgan.

Hozirgi kunda Axborot-resurs markazi 48 ta kompyuter, 2 ta printer, 1 ta skaner bilan ta’minlangan. Kompyuterlarning 20 tasi elektron o’quv zaliga, 5 tasi Mashinasozlik fakultetidagi ochiq universal o’quv zaliga, 10 tasi 1- va 2-sonli talabalar turar joylaridagi o’quv zallariga, qolgan 13 tasi bo’limlarga o’rnatilgan. ARM dagi kompyuterlar Internet tizimi va ichki lokal tarmoqqa ulangan. Lokal tarmoq tezligi 100 Mb/s va Internet tezligi 1 Mb/s ni tashkil etadi. ARM da Wi-Fi zonasi mavjud.

 Bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi www. https://natlib.uz saytidan turli fan sohalariga oid adabiyotlar yuklab olinmoqda. Jahon ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasiga onlayn kirish, ya’ni EBSCO, SCOPUS, ScienseDirect va boshqa ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan professor-o’qituvchilar va ilmiy izlanuvchi xodimlar, talabalar ro’yxatdan o’tib foydalanib kelmoqdalar.

Kuni kecha “Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovining institut bosqichi o’tkazildi. Tanlov natijalariga ko’ra “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti “Intellekt” jamoasi faxrli 1-o’rinni ko’lga kiritdi. 2 va 3-o’rinlar Avtomobilsozlik fakultetining “Ittifok” xamda Avtomatika va elektrotexnika fakulteti “Qodiriy izdoshlari” jamoalariga nasib kildi. Jamoalar institut Axborot resurs markazi tomonidan takdim etilgan kitoblar jamlanmasi va institut rektorining diplomlari bilan takdirlandilar.

         Biz yuqoridagilar bilan chegaralanib qolmaymiz, yurtboshimiz ko’rsatib bergan 5 ta tashabbusni faoliyatimizning asosiy mezoniga aylantirib, yoshlarni ma’naviy yetuk inson bo’lib yetishishida mas’uliyatimizni yanada oshiramiz.

 

Xayrullo Vasiyev suxbatlashdi