Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2019-yilning 8-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi hamda Transport va logistika va Avtomobilsozlik fakultetlarida an’anaviy ertalabki saf tortish yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.

     Yig’ilishda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamajonov, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, institut Boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova, fakultet dekanlari M.Eshonov, T.Turg’unov, M.Qo’chqarov, A.Ermatov,  kafedra mudirlari S.Abduraxmonov, X.Akbarov, G.Umarova,  dekan o’rinbosarlari, faxriy ustozlar, kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

     Yig’ilish davomida M.Xaliqova yangi o’quv haftasi boshlanganligi munosabati bilan barcha talabalarga o’qishlarida muvafaqqiyatlar tilab, yangi o’quv haftasi davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi bo’yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlar bilan tanishtirib o’tdi va barcha talabalar va professor-o’qituvchilarni ushbu tadbirlarda faol bo’lishga undadi.

     Yig’ilish davomida o’tgan o’quv haftasida ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy yo’nalishlarda o’tkazilgan tanlovlarda faol ishtirok etgan bir qator talabalar institut rektorining faxriy yorliq va diplomlari bilan taqdirlandilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi