Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev huzurida 2018-yil 28-oktyabr kuni oliy ta’lim sohalarini yanada rivojlantirish masalalariga bag’ishlab o’tkazilgan majlis bayonining 5-bandi 1-qismi ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti “Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi Rossiya Federatsiyasi Janubiy-Ural davlat universiteti bilan erishilgan kelishuvlar asosida ularning professor-o’qituvchilari tomonidan Andijon mashinasozlik instituti institut talabalari uchun “onlayn” tizimda 2019-yil 8-aprel kuni rejalashtirilgan “Pedagogika Psixologiya” fanidan “Shaxs psixologiyasi” mavzusida ma’ruza mashg’uloti o’tkazildi.

     Ma’ruza mshg’ulotini Rossiya Federatsiyasi Janubiy-Ural davlat universiteti «Umumiy psixologiya, psixodiagnostika va psixologik konsultatsiyalar” kafedrasi mudiri psixol.f.n., dotsent Morozova Svetlana Vitalevna tomonidan olib borildi. Tinglovchilar – Mashinasozlik texnologiyasi 3 kurs “Iqtisodiyot” yo’nalishi 187-guruh talabalari, ma’ruzasi diqqat bilan tingladilar hamda mavzuga doir dolzarb savollarga mazmunli javoblarni oldilar. Dars qizg’in baxs munozara asosida olib borildi. Talabalar onlayn dars birinchi marotaba rus tilida tashkil etilayotganligi uchun ham katta qiziqish bilan ishtirok etdilar. 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi