Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 martdagi “Xalqaro Rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2848-sonli qarorining 5-bandiga asosan, Andijon mashinasozlik instituti tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Akademik innovatsiyalar fondi Granti tanloviga 2018 yili 3 ta loyixa taqdim etilgan.

Mazkur tanlovga O’zbekistondagi barcha OTMlardan jami 160 dan ortiq loyiha takliflari topshirilgan bo’lib, Akademik Innovatsiyalar Fondining idoralararo tanlov komissiyasi tomonidan ko’rib chiqilgan va moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyihalar soni 32 tani tashkil etgan.

Quvonarlisi shuki, idoralararo tanlov komissiyasining xulosasiga ko’ra, Andijon mashinasozlik instituti tomonidan taqdim etilgan 2 ta va ADTI bilan xamkorlikda taqdim etilgan 1 ta loyiha takliflarining barchasi moliyalashtirishga tavsiya etildi. Bugungi kunda mazkur loyihalar o’z faoliyatini boshladi.

“O’zbekistonda oliy ta’lim va ishlab chiqarishning sinergetik integratsiyasini yaratish (SYNERGY)” loyixasining davomiyligi 18 oy, byudjeti – 145000 AQSH dollari. Loyiha raxbari, institut rektori prof.U.R.Salomov, loyiha koordinatori “Avtomobilsozlik” kafedrasi mudiri dots.T.O.Almataev.

Loyixaning ijrochi xamkorlari:

 Xorijiy xamkorlar:

     Piraeus Amaliy Fanlar Universiteti (Gretsiya)

 Riga Texnika Universiteti (Latviya);

 Sankt-Peterburg Politexnika Universiteti (Rossiya).

 Maxalliy ishlab chiqarish xamkorlar:

 Loyixaning maqsadi: Innovatsion o’quv modellari (5+1; 4+2)dan foydalangan xolda, O’zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun muxandislik sohasidagi ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashgan xamkorlik mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdan iborat.

«5+1 va 4+2» MODELLARI XAQIDA MA’LUMOT

Mutaxassis xodimlarni tayyorlashda dunyoda tan olingan soxa mutaxassisligiga o’qitish tizimi (dualnaya sistema) o’quv muassasasida o’qitishni ishlab chiqarishdagi faoliyati davri bilan birgalikda olib borilishini ko’zda tutgan mutaxassis xodimlar tayyorlashning shakli sifatida asosan o’rta maxsus ma’lumotli xodimlarni tayyorlashga yo’naltirilan bo’lsa, taklif etilayotgan mazkur o’qitish modellari – bu oliy ta’lim muassasalarining va korxonaning o’zaro hamkorligi asosida kasbiy tayyorgarlik sharoitlaridagi pedagogik texnika usullari hamda tashkiliy shakllar, uslublar va ularni amalga oshirish vositalari tizimidir.

Ushbu 1 o’qitish modellarining asosiy tamoyili – oliy ta’lim muassasalariga va ishlab chiqarish korxonalariga sifatli mutaxassislar tayyorlash jarayonida ikki tamonga xam bir xildagi mas’uliyatni yuklaydi.

 Ishlab chiqarish korxonasining manfaatdorligi, avvalo- mutaxassis xodimlarni izlash va tanlash, tayyorlash,ularni qayta o’qitish va moslashuvga ko’zda tutilgan sarflarni kamaytirish, zarur mutaxassis xodimlarni tayyorlash imkoniyatidir. Bunda ish beruvchi mutaxassislarning kasbiy bilimlarni shakllantirishda, bitiruvchilarni korxonaning ish sharoitilariga ko’nikishi va “Ustoz”-murabbiylik tizimlarini shakllantirishda faol ishtrok etadi. O’z navbatida talabalar nafaqat muayyan ishlab chiqarish sharoitlari bilan tanishadilar va kasbiy faoliyat asoslarini o’zlashtiradilar, balki oliy ta’lim muassasalarini tamomlaganidan so’ng mutaxassisligi bo’yicha ishga joylashish imkoniga ega bo’ladilar.

Loyihadan kutilayotgan yakuniy natijalar:

Oliy ta’lim va ishlab chiqarishning samarali hamkorligini amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqiladi.

  • Mashinasozlik korxonalarida AndMI kafedralarining filiallari tashkil etiladi;
  • AndMI bazasida kasbiy maxoratni oshirish innovatsion laboratoriyasi tashkil etiladi;
  • Evropa va Rossiyaning oliy ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligi bo’yicha ilg’or tajribalarni o’rganish maqsadida malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;
  • Texnik ta’lim va ishlab chiqarishda ayollarning ishtirokini oshirish bo’yicha ijtimoiy tadqiqot o’tkazish va tavsiyalar ishlab chiqiladi;

– O’zbekistondagi texnik OTMlar uchun ishlab chiqarish bilan samarali hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha me’yoriy-xuquqiy xujjatlar to’plamini ishlab chiqiladi (kontseptsiya, metodik qo’llanmalar, amaliy tavsiyalar, yo’riqnoma va boshqalar).

Modelni joriy qilishdan kutilayotgan natija.

SHuni aloxida ta’kidlash kerakki, ushbu modelning mazmuni o’quv jarayonini amaliyot bilan to’ldirishdir, ya’ni o’quv jarayoning ma’lum qismi-asasan amaliy mashg’ulotlar korxona negizida o’tkaziladi. O’quv jarayoniga o’qitishning loyihaviy usuli joriy qilinadi. Talabalar bilimini baholash, kurs loyihalarini tayyorlash, bitiruv malaka ishlari, diplom loyixalari va ishlari, magistrlik va doktorlik dissertatsiya mavzulari korxonalar muammalari asosida ularning buyurtmasi asosida shakillantiriladi, natijada korxona muammolarini xal etish tizimi ishlaydi, sohaga oid olimpiadalarni birgalikda o’tkazish, nomdor stipendiyalar belgilash, tegishli malaka sertifikatlari berish jarayoniga korxona va tashkilotlarning yetakchi mutaxassislari jalb etiladi.