Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 5-aprel kuni Institutning asosiy binosi kichik majlislar zalida “Eng yaxshi mustaqil ish”, “Eng yaxshi ijodiy yondashuv” va “Eng yaxshi innovatsion g’oya” ko’rik tanlovining institut bosqichi o’tkazildi.

     Tadbirda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamadjanov, t.f.n. A.Xojiyev, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i Humoyun Haydarov, fakultetlarning dekan o’rinbosarlari hamda tanlovning fakultet bosqichi g’oliblari ishtirok etdilar.

     Ko’rik tanlov fakultet  g’oliblari orasida eng yaxshilarini tanlab olish, ular tayyorlagan ishlarni atroflicha baholash va kerakli ko’rsatmalar berish maqsadida tashkil etildi.

     Fakultet bosqichi g’oliblari o’z ishlarini birma-bir taqdimot qildilar, taqdimotdan so’ng ularga o’z ishlari bo’yicha savollar va takliflar berildi. Savollar va takliflar berish qizg’in bahs-munozaralarga aylanib, har bir ilgari surilgan fikrlar atroflicha muhokama qilindi.

 

 

Odilov Otabek 

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi