Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5ta muhim tashabbus”ni qo’llab-quvvatlash hamda O’zbekiston respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yilining 5-aprel kuni Andijon mashinasozlik institutida institut miqyosidagi talabalar teatr studiyasi festivali o’tkazildi.

     Festivalda jamoalarning chiqishlari institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, institut axborot resurs markazi bo’lim mudirasi M.Batirova, ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti D.Iymanova, ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi Z.G’offorov,  institut xodimlar va talabalar kasaba uyushmalar qo’mitasi xodimi R.Dadaboyevlardan tashkil topgan badiiy kengash hamda 100 ga yaqin talabalar ishtirokida kuzatib borildi. 

     Festivalda institutning barcha fakultet jamoalari ishtirok etdilar. Jamoalarning hozirgi kunning dolzarb mavzulari aks ettirilgan, teatrlashtirilgan sahna ko’rinishlari barchada iliq taassurot uyg’otdi. Festival yakunida tashkilotchilar tomonidan belgilangan nominatsiyalar bo’yicha badiiy kengash a’zolari jamoalarga institut rektorining faxriy yorliqlarini topshirdilar..

 

    

  

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi