Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning 2019-yil 19-mart  kuni  yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot  texnologiyalaridan  foydalanish  ko’nikmalarini  shakllantirish,  yoshlar  o’rtasida kitobxonlikni  targ’ib  qilish,  xotin-qizlar  bandligini  oshirish  masalalariga  bag’ishlangan videoselektorda ilgari surgan besh tashabbuslardan biri hisoblangan Aholi o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan tashabbusni qo’llab-quvvatlash maqsadida institutimizda Robototexnika, Kompyuter va Web dasturlash bo’yicha arzonlashtirilgan o’quv kurslari tashkil etilmoqda. Mazkur o’quv kurslar 3 yo’nalish:

1 Robototexnika va Mexatronika;

2 Kompyuter dasturlash;

3 Web dasturlash  va Androidlar ilovalar yaratish yo’nalishlarini o’z ichiga oladi.

     Kurslarda Robototexnika va Mexatronika kurslarida asosiy robotlarni dasturlashtirish, mikorkontrollerlarni boshqarib va ularga dasturlar yuklash, arduino platformasi bo’yicha kichik proektlardan boshlab katta hajmdagi proektlarni qilish misol uchun : Smart House, Smart Garden, Smart Car va tur xil jarayonlarni to’liq va qisman avtomatlashtirish o’rganiladi. Kurslar ikki bosqichda 6 oy davom etadi. Birinchi bosqich 3 oy dasturlashtirish, dasturlarni yuklash va boshqaruv usullari bo’yicha bo’ladi. Keyingi bosqich ham 3 oy davom etadi. Bu 3 oy davomida o’rganuvchilar kichik proektlardan boshlab katta proektlargacha bo’lgan barcha bosqichlar. Hususan boshqaruv android qurilmalari yordamida: bunda androidlar uchun maxsus ilovalar yaratib, ushbu ilovalar yordamida avtomatlashtirilgan jarayonlarimizning boshqaramiz.

     Kompyuter dasturlarini yaratish kurslarida asosan Komyuter dasturlarini yaraqtishni o’rganiladi bunda kurslar ikki bosqichda 6 oy davom etadi. Birinchi bosqich 3 oy davom etadi. Bu bosqichda faqat Consol rejimida ya’niy qora oyna bo’yicha o’rganiladi faqat kodlashtirish o’rganiladi. Keyingi bosqichda C++ builder, RadStudioXe7 va MySQL Access ma’lumotlar bazalari bilan ishlash o’rganiladi.

     Web dasturlash kurslarida asosan saytlar yaratish saytlar uchun maxsus ma’lumotlar bazalarini tashkil etish bo’yicha ta’lim beriladi.  Ushbu kurs 6 oy davom etadi, birinchi bosqich 3 oy davom etadi. Bu bosqichda Html, Css va Php bo’yicha ta’lim beriladi. Keyingi bosqichda MySQL ma’lumotlar bazalarini yaratish o’rganiladi. Murojaat uchun telefon raqamlari: (97) 998 39 36, (94) 564 47 11

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi