Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

   2019-yilning 4-aprel kuni instututning katta anjumanlar zalida institut talabalari o’rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquqbuzarliklarga murossiz munosabatni shakllantirish, siyosiy-ijtimoiy vaziyatning barqarorligini ta’minlashda davlat organlari hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida institutda sayyor sud majlisi o’tkazildi.

     Unda Andijon shahar Majburiy ijro byurosi o’rinbosari N.Xakimov, Andijon shahar sudi raisi v.v.b A.Shermatov, Andijon viloyati sudi sudyasi O.Barakaboyev, Andijon viloyati sudi sudyasi A.Sheraliyev, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova va 100 dan ziyod talabalar ishtirok etdilar.

     Sayyor sud jarayoni oldidan M.Xaliqova talabalarga bevosita sud jarayonini ishtirokchisi sifatida, bo’layotgan jarayonlarga diqqatli bo’lishga va bundan o’zlari uchun kerakli hulosalar chiqarishga undadi.

     Shu kuni Intizomiy aliment to’lovlarni ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 474  moddasiga asosan bir qator fuqarolarni javobgarlikka tortish masalasi barchani guvohligida sayyor sud tartibida ko’rib chiqildi va ularga qonunda belgilangan bandlar bo’yicha ma’muriy jazo ta’yinlandi.

     O’tkazilgan sayyor sud jarayoni Sevimli telekanali tomonidan tasvirga olindi.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi