Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 3-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi kichik majlislar zalida Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining o’quv ishlari bo’yicha prorektorlari,  ilmiy ishlar ва innovatsiyalar bo’yicha prorektorlari, o’quv-uslubiy bo’lim boshliqlari, ilmiy bo’lim boshliqlari, OTMlari huzuridagi nashriyot-tahririyat xodimlari, ARM direktorlari  va o’quv adabiyotlarini rasmiylashtirishga OTM tomonidan mas’ul etib belgilangan xodimlar ishtirokida seminar o’tkazildi.

     Bunda Oliy va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi bo’lim boshlig’i R.Qambarov va Toshkent Davlat texnika universitetining o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i B.Baymirzaevlar ishtirok etdilar. Seminar davomida so’zga chiqib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarini o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash to’g’risida” gi 2018-yil 10-oktyabrdagi 816-son qarorining mazmun mohiyati va amalga oshirilayotgan ishlar va me’yoriy-huquqiy xujjatlar to’g’risida ma’lumotlar berdilar.

     Seminar davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi