Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2019-yilning 4-aprel kuni Andijon mashinasozlik institutining Avtomobilsozlik fakultetida professor-o’qituvchi va talabalari o’rtasida “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz”, “Yoshlar – sog’lom hayot tarzi tarafdori” mavzularida davra suhbati o’tkazildi.

      Unda  Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi Andijon viloyat bo’limi Bosh mutaxassisi O’tkirbek Rahmonov, Andijon shahar “Imomi A’zam” jome masjidi imom xatibi  Isomiddin Shamsuddinov, Andijon viloyat prokuraturasi bo’lim prokurori Begzodbek Payziboev, “Oila” ilmiy amaliy markazi Andijon viloyat bo’limi rahbari Lazokatxon Jalolova, Viloyat 6-oilaviy poliklinika ginekologi Irodaxon Maxsudova, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi raisi o’rinbosari Nodira Sotvoldieva, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xoliqova hamda fakultet dekanlari va dekan muovinlari, 14 nafar professor-o’qituvchilar hamda 148 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

      Davra suhbatini institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova kirish so’zi bilan ochib, yig’ilganlarni davra suhbatiga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirdi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 11-martdagi 87-01-193-sonli modemnomasining ijrosi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida ma’lumot berdi.

      Davra suhbati davomida mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalari talaba-yoshlari orasida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar, yoshlarimizni huquqiy savodxonligini va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilganligi islohotlar xususida to’htalib, jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etuvchi har qanday salbiy holatlarni oldini olish, kelajakda sog’lom fikrli, keng dunyo qarashga ega kadrlarni tayyorlash hozirgi davrning dolzarb masalasi ekanligi to’g’risida aytib o’tildi va belgilangan mavzu bo’yicha mutaxassislar tomonidan ko’plab fikrlar bildirildi. Talabalar tomonidan berilgan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi