Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan «Kitob challenge», «Kitob hadiya» aksiyasi institutimiz talabalari o’rtasida ham katta qiziqish bilan kutib olindi.

Kuni kecha institutimizning «Mashinasozlik texnologiyasi» fakulteti talabasi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi stipendiyasi sohibi Abdulhamid Akbarov ham o’zi tahsil olgan Shahrixon tumanidagi 17-umumiy o’rta ta`lim maktabiga o’z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar jamlanmasini hadya qildi.

Shuningdek, maktabga qilingan tashrif davomida maktabning bir guruh iqtidorli o’quvchilari bilan suxbatda bo’lib, Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida bo’layotgan yangiliklar, ular tanlagan mutaxassisliklari bilan qaysi muassasalarda o’qiy olishlari, shuningdek, Andijon mashinasozlik instituti, institut qoshidagi «Texnologiyalar markazi» haqida atroflicha ma’lumotlar berib o’tdi.

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi