Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2019-yilning 1-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi hamda Transport va logistika va Avtomobilsozlik fakultetlarida an’anaviy ertalabki saf tortish yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.

     Yig’ilishda institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamajonov, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, fakultet dekanlari M.Eshonov, T.Turg’unov, M.Qo’chqarov, A.Ermatov,  kafedra mudirlari S.Abduraxmonov, G.Bazarova, N.Mirzayev, X.Haydarova, G.Umarova, dekan o’rinbosarlari, faxriy ustozlar, kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

     Yig’ilishda yangi o’quv haftasi boshlanganligi munosabati bilan barcha talabalarga o’qishlarida muvafaqqiyatlar tilab, yangi o’quv haftasi davomida ustoz va murabbiylar tomonidan talabalarning oldilariga qo’yilgan vazifalarni sidqi dildan ado etishlari, fanlarni a’lo darajada o’zlashtirishlarini, ularni o’quv mashg’ulotlariga muntazam ravishda qatnashishlari, ilmiy va innovatsion loyihalarda faol bo’lishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o’zlarini iqtidor va iste’dodlarini namoyon etishlari uchun institutda barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli ekanligi uqtirib o’tildi va bu imkoniyatlardan to’laqonli foydalanish kerak ekanligi tushuntirildi.

     Yig’ilish davomida o’tgan o’quv haftasida Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish yili hamda “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan talabalar o’rtasida sportning voleybol turi bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda faol ishtirok etib, faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan jamoalar institut rektorining diplomlari bilan taqdirlandilar. 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi