Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     “Nostandart” mas’uliyati cheklangan jamiyati jamiyatga Xitoy davlatidan yangi zamonaviy turdagi turli metallarga ishlov beruvchi dastgohlar va jihozlar olib kelinganligi hamda 2019-2020 yillar investitsion dasturga kiritilgan jamiyatning “ЭЦВ nasoslari va ПГЭД dvigatellarini seriyalab ishlab chiqarish loyihasi”ni amalga oshirish boshlanishi munosabati bilan tashkil etilayotgan umumiy soni 60 (oltmish) ta bo’lgan yangi ish o’rinlariga, ya’ni muhandis-konstruktor, muhandis-texnolog,muhandis-energetik, muhandis-metrolog, muhandis-quruvchi, ximik-laborant, metallarga ishlov beruvchi dastgohlarni ta’mirlash bo’yicha muhandis-mexanik, ishlab chiqarish bo’yicha menejer, avtomatlashtirish bo’yicha muhandis va shu kabi bir necha mutaxassisliklar bo’yicha doimiy ishlash uchun yosh va malakali kadrlarni ishga taklif etadi.

     Jamiyat tomonidan taklif qilinayotgan ish o’rinlari bo’yicha oylik maoshlar 1 mln. so’mdan  3mln. so’mgacha belgilangan bo’lib, ishchilarga ish beruvchi bilan o’zaro kelishgan holda kunbay va ishbay ko’rinishda ish haqi to’lanadi hamda ishga qabul qilingan shaxslarga mehnat amaliyoti (staji) kafolatlanadi.

     Ishga kirish bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarga ega bo’lish uchun o’z mutaxassisligingiz bo’yicha kafedra mudirlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi