Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Uzoq davom etgan qishdan so’ng organizmimiz vitaminlar, mineral moddalar, oqsil va uglevodlarga har qachongidan ham ko’proq ehtiyoj sezadi. Bu tanqislikni ko’klam ko’katlari va giyohlari bilan to’ldirish ayni muddaodir. Jag’-jag’, ismaloq, shovul, yalpiz, semizo’t qo’shilgan ko’k somsa, chuchvara, bichak va boshqa Navro’z taomlari quvvatni tiklaydi. Bahor darakchilaridan biri bo’lgan yalpiz nafaqat ko’klam taomlari uchun oshko’k va ziravor, balki dorivor malham ekanligi bilan ham ajralib turadi. Yoqimli ifori bilan tilga olinuvchi yalpiz tarkibida efir moylari, organik kislotalar, flavonoidlar, karotin, glyukoza, S vitamini, mineral tuzlar mavjud. Ushbu milliy taomlarimiz nafaqat oila davralarida balki o’quv yurtlarining talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar tomonidan ham tayyorlanishi an’analarimiz davomchilari sifatida milliy pazandachiligimizdan xabardor ekanligidan dalolat beradi.

     2019-yilning 29-mart kuni Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Xodjimuxamedova, dekan o’rinbosari G.Sattikulova hamda Transport va logistika fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi F.Rustamova va dekan o’rinbosari G.Satvaldievalar tashabussi bilan institutning 1-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi  talaba-qizlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash maqsadida Navro’zning baxoriy taomlarini tayyorlash jarayoni tashkil etildi.

     Talaba qizlarga taomlarni tayyorlash jarayoni davomida taom pishirish va uni dasturxonga tortiq etish ma’daniyati haqida tushunchalar berildi.

     Ushbu kechki taomni tayyorlash davomida o’zaro tajriba almashtirib o’z maxoratini oshirdilar.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi