Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti dekan o’rinbosari G.Sattikulova, fakultet xotin-qizlar kengashi raisi M.Xodjimuxamedova hamda Transport va logistika fakulteti dekan o’rinbosari G.Satvaldieva, fakultet xotin-qizlar kengashi raisi F.Rustamovalar tashabussi bilan institutning 1-talabalar turar joyida talaba-qizlar sog’ligini muhofaza qilish borasida ularni ongini shaklantirish, o’sib kelayotgan sog’lom avlodni kamol toptirishda qizlarni o’rnini bildirish va mas’uliyatini yanada oshirish bo’yicha seminar-trening o’tkazildi.

     Ushbu tadbirga Andijon davlat universiteti «Odam fiziologiyasi va xayot faoliyati» kafedrasi o’qituvchisi R.A.Alieva, Andijon shaxar 5 – son oilaviy poliklinika bosh vrach o’rinbosari O.M.Atabaeva hamda shu poliklinikaning 2-UASH bo’lim mudiri Y.M.Xadjaevalar taklif etildi. Mexmonlar “Reproduktiv salomatligini mustaxkamlash masalalari” mavzusida qizlar bilan suhbat o’tkazdi. Seminar davomida talaba-qizlar o’zini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishti va mazmunga boy statistik ma’lumotlar bilan tushinarli javoblar oldilar. Tadbirda institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i M.Xoliqova, institut boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupovalar xam ishtirok etishdi. Ular o’z navbatida seminar mavzusi doirasi institut talaba-qizlarga ish tajribasidan kelib chiqib hayotiy misollarga boy bo’lgan ma’lumotlar yetkazdi. Seminar yakunida mexmonlar fakultet dekanlarining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi