Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan institut professor-o’qituvchilari va talabalarining ijtimoiy-siyosiy faolligini va huquqiy savodxonligini rivojlantirish maqsadida “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Oliy Majlis sessiyalari materiallari, O’zbekiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining mazmun mohiyati bilan tanishtirib borish hamda O’zbekiston Respublika Prezidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusini yoshlar orasida keng targ’ib qilish orqali ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida uchrashuvlar o’tkazilib kelinmoqda.

     Shu munosabat bilan 2019-yilning 30-mart kuni institutda deputat va yoshlar uchrashuvi o’tkazildi.

     Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Karimov To’lqinjon Payziyevich, institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov, O’zbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkiloti ijrochi direktori A.Uzoqjonov, Fuqarolik jamiyati instituti Bosh mutaxassisi F.Ataxanovlar ishtirok etdilar.

 

     Davra suhbatini institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova  olib bordi. O’tkazilgan tadbirda institutning 20 nafar professor- o’qituvchilari hamda 200 dan ziyod talabalar ishtirok etdilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi