Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Ma’lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

     Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

     Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan.

     Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

     To’rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan.

     Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.

     Yuqorida keltirilgan tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash maqsadida Andijon mashinasozlik institutida bir qator amaliy ishlar yo’lga qo’yilmoqda. Xususan keltirib o’tilgan tashabbuslarning 4 bandida ko’rsatilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan” tashabbusni qo’llab quvvatlash, bu orqali talaba-yoshlar o’rtasida kitob mutoalaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intellectual salohiyati va ma’naviy saviyasini yuksaltirish, talabalarning barcha qatlamlarini kitob o’qishga da’vat etish hamda kitob o’qishga bo’lgan qiziqishni va intilishlarini qo’llab –quvvatlash, joylarda adabiy muhit shakllanishi, kitobxonlik to’garaklari vujudga kelishiga erishish maqsadida 2019-yilning 29-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi faollar zalida  “Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovining institut bosqichi o’tkazildi.

  

     Tanlovda Institutning Avtomatika va elektrotexnika fakulteti “Qodiriy izdoshlari”, Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining “Intellekt”, Avtomobilsozlik fakultetining “Ittifoq” jamoalari ishtirok etdilar.

     Tanlov jami 5 ta shart asosida o’tkazildi. Belgilangan shartlar davomida jamoa a’zolarining adabiyot sohasiga doir bilimlari sinovdan o’tkazildi. Tanlov davomida O’zbek xalqining yozuvchi shoirlari hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi hamda ularning ijod namunalaridan parchalar o’qib eshittirildi.

     Tanlov yakunida eng yuqori ball bilan Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining “Intellekt” jamoasi faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi. 2 va 3-o’rinlar Avtomobilsozlik fakultetining “Ittifoq” hamda  Avtomatika va elektrotexnika fakulteti “Qodiriy izdoshlari” jamoalariga nasib qildi. Jamoalar institut Axborot resurs markazi tomonidan taqdim etilgan kitoblar jamlanmasi va institut rektorining diplomlari bilan taqdirlandilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi