Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 28-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti talabasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi stipendiyasi sohibi Abdulhamid Akbarov tashabbusi bilan Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi kichik majlislar zalida institutning nomdor davlat stipendiantlari hamda ushbu unvonni qo’lga kiritish uchun izlanayotgan bir qator iqtidorli talabalar o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

     Uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor B.Mamadjanov, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi stipendiyasi sohibi A.Akbarov, Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohiblari N.Komilov va Z.Jalolova hamda Islom karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi J. Ashurboyev ishtirok etdi.

     Uchashuv avvalida B.Mamadjanov yigʻilganlarga nomdor davlat stipendiyalariga hujjat topshirish jarayonlari, nomzodlarga qo’yilgan talablar va imtiyozlari haqida nutq soʻzladi. Shuningdek, yaqin kunlarda institut va viloyatdagi OTMlarda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro hamda respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar haqida ham axborotlar berdi.

     Uchrashuv davomida institutning nomdor davlat stipendiantlari tengdoshlariga ushbu unvonga erishish yo’lida bosib o’tilgan yo’l haqida, qolaversa o’quv jarayoni bilan birgalikda barcha sohalarda faol bo’lish bilan nafaqat ushbu maqomga erishganliklari, balki anchagina bilim va ko’nikmalarga ham ega bo’lganliklari haqida so’z yuritib, o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.

          Tashkil etilgan uchrashuv davomida stipendiantlarga talabalar tomonidan bir qator savollar bilan murojaat etildi va kerakli javoblar olindi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi