Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Mamlakatimizda mo’tabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom ko’rsatish, ularning jamiyatimidagi o’rni va nufuzini oshirish, sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, o’zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o’rnak bo’lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarayotgan, ijtimoiy hayotda faollik va tashabbuskorlik ko’rsatayotgan qizlarni munosib rag’batlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan bo’lib joriy yilning mart oyida ushbu mukofot sovrindorlari aniqlangan edi. Taqdirlanganlar safida Andijon farzandlari Muxtorjonova Xusnigul Nodirbek qizi va Tojiddinova Oygul Foziljon qizlarining ham borligi Andijon yoshlari qalbida chuqur iftixor tuyg’usini tuyishga sabab bo’ldi.

     Aynan shu mukofot sovrindorlari bilan 2019-yilning 28-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti ayol professor-o’qituvchilari va talaba-qizlari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvni institut Boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova ochib berdi.

     Uchrashuv davomida sovrindor qizlar tomonidan ushbu unvonni qo’lga kiritish yo’lidagi o’qib-o’rganishlar, tinimsiz izlanishlar, ijtimoiy faollikka harakat qilib maqsad ostonasiga yetib kelganliklari va shaxsan Davlat rahbari qo’lidan ushbu unvonni qabul qilib olish jarayonidagi hayajon va qilingan mehnatlar mevasining mazasi haqida to’lib-toshib so’zlab berildi. Ushbu yuksak e’tirofga mamlakatimizning har bir qizi sazovor bo’lish imkoniyatiga ega ekanligi, buning uchun esa sidqi dildan mehnat va chuqur bilim talab etilishini aytib o’tdilar. Kelajakda Andijon mashinasozlik instituti talaba-qizlari safidan ham ushbu mukofot sovrindorlari yetishib chiqishiga tilakdosh ekanliklarini aytib o’tdilar.

     Uchrashuv so’ngida tashrif uchun mehmonlarga tashakkur izhor etildi hamda talaba-qizlar o’rtasida ularning ma’naviy salohiyati yukasalishida qo’shgan hissalari uchun institut rektorining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilandilar.

  

  

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi