Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 27-mart kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti hamda institut Xorijiy tillar kafedrasi bilan hamkorlikda institut yoshlarining intelektual bilim salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan Zakovat intelektual bellashuvining final bosqichi bo’lib o’tdi. Institutning asosiy binosi anjumanlar zalida o’tkazilgan bellashuvda saralash bosqichlaridan muvaffaqqiyatli o’tib final yo’llanmasini qo’lga kiritgan MYaMT-298, Everest, Libro, Intellect, Ziyo, Konstruktorlar jamoalari o’zaro bellashdilar.

 

     Bellashuv avvalida institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov bugungi kunda bu kabi bilim musobaqalarini tashkil etib borish eng ustuvor vazifalardanbiri ekanligi, institutdan sohasi bo’yicha yetishib chiqayotgan har bir mutaxassis nafaqat ilmiy salohiyatga balki mantiqan erkin fikrlay olish qobiliyatiga ham ega bo’lishi muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tib, jamoalarga omad tilagan holda belashuvni ochib berdi.

 

     Bellashuvni o’tkazishda institutning Xorijiy tillar kafedrasi mudiri N.Mirzayeva,  O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi B.Safarov hamda Avtomobilsozlik fakulteti Avtomobilsozlik va Traktorsozlik yo’nalishi 4-bosqich talabasi N.Komilovlar hakamlik vazifasini o’tab berdilar.

     Final bosqichiga tayyorlangan savollar N.Mirzayeva tomonidan o’qib eshittirildi. Jami 3 raund asosida bo’lib o’tgan baxslar yakunida umumiy 15 ta savoldan 6 tasiga to’g’ri javob topgan  Libro, Ziyo, Konstruktorlar jamoalari 4-o’rinni qo’lga kiritdilar. 3-o’rin 8 ta to’g’ri javob bilan Everest jamoasiga nasib qildi. Yakunda ballardagi kichik farq bilan 9 ballni qo’lga kiritgan MYaMT-298 jamoasi 2-o’ringa loyiq deb deb topilgan bo’lsa, umumiy 10 ballni jamoa hisobiga yozib qo’ygan Intellect jamoasi a’zolari turnirning mutloq g’oliblariga aylandilar.

 

      G’oliblar kelgusi o’quv haftasi avvalida tashkil etiladigan an’anaviy ertalabki saf tortish yig’ilishida taqdirlanadilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi