Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 26-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi faollar zalida “Render Team” MCHJ ga qarashli Render innovatsion grafika maktabi asoschisi B.Oltinboyev  boshligidagi murabbiylar guruhi hamda institut talabalari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

     Tashkil etilgan uchrashuvda institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov, Institut texnologiyalar markazi xodimi A.Akbarov, Render innovatsion grafika maktabi asoschisi  B.Oltinboyev  hamda kompyuter grafikasi sohasiga qiziqish bildirgan  50dan ziyod talabalar ishtirok etdilar.

     Uchrashuv avvalida Q.Ermatov hozirgi kunda sanoat korxonalari tomonidan bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilish jarayoni davomida ularga qo’yilayotgan talablar qatorida nafaqat chet tillarini yaxshi o’zlashtirish balki komyuter grafikasida ish yurita oladigan kadrlarga ham talab kuchli ekanligini ta’kidlab ushbu maktab kelajakda ana shunday talablarga mos yetakchi mutaxassislar tayyorlashda institutga yaqindan ko’makchi bo’lishiga ishonishini aytib yig’ilishni ochib berdi.

     Shundan so’ng Institut texnologiyalar markazi xodimi A.Akbarov o’zi faoliyat olib borayotgan markaz haqida yig’ilish ishtirokchilariga ma’lumot berdi va aynan ushbu markaz qoshida faoliyati yo’lga qo’yilgan innovatsion grafika maktabi talabalarni o’qib o’rgaishlari uchun qo’shimcha imkoniyatlar eshigini ochishi haqida so’z yuritdi.

     Yig’ilish davomida “Render Team” MCHJ ga qarashli Render innovatsion grafika maktabi hodimlari tomonidan ularning faoliyati aks ettirilgan video-rolik namoyish etildi. Mazkur maktabda o’rgatiladigan bir qator dasturlar, o’quv kurslarining davomiyligi hamda malakali mutaxassis murabbiylar bilan tanishtirilib o’tildi. Shu kuni ushbu maktabni bir qator dasturiy yo’nalish bo’yicha o’quv kurslarini tamomlagan yosh mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi. Yig’ilish ochiq muloqot va interaktiv tarzda davom ettirildi. Unda kompyuter grafikasi dasturlarida bilimga ega bo’lgan institut talabalari va maktab o’quvchilari o’rtasida o’ziga xos bellashuvlar tashkil etildi. Yig’ilish yakunida tadbir ishtirokchilari maxsus chegirma asosida ta’lim olish uchun yo’llanmalarga ega bo’ldilar.

 

     Ma’lumot o’rnida ketirib o’tish lozimki ushbu innovatsion grafika maktabida AutoCAD, 3DsMax, Corel Draw, Photoshop, Lumion dasturlari bo’yicha o’quv kurslari yo’lga qo’yilgan.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi