Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutining Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i, professor Zafar Juraev va Innovasion ta’lim texnologiyalari bo’limi boshlig’i Javlonbek Raxmatillaev Bolgariyaning Ruse shahrida Erasmus + loyihasining «Markaziy Osiyoda oliy ta’limni zamonaviy texnologiyalar bilan modernizatsiya qilish» loyihasining birinchi ishchi seminarida ishtirok etib qaytishdi.

Ushbu ishchi uchrashuvda innovatsion ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish va o’qitish uslublarini takomillashtirish masalalarini muhokama qilindi. Seminarda O’zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim vazirligi, Markaziy Osiyo universitetlari, Italiya, Portugaliya va Lyuksemburg davlatlari vakillari ham ishtirok etishdi.

Birinchi ishchi yig’ilish 11-16 mart kunlari Ruse shahrida bo’lib o’tdi.

Institutimiz vakillari seminar davomida institutimiz haqidagi videomateriallar va oliy ta’limning raqamli transformatsiyalar kontseptsiyasini institutga tadbiq etishga bag’ishlangan taqdimotini o’tkazishdi.