Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 25-mart kuni Andijon mashinasozlik institutida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi kadrlar bo’limi tomonidan institutning bitiruvchi talabalari ishtirokida bandlikni ta’minlash bo’yicha yig’ilish o’tkazildi.

     Yig’ilishda Andijon mashinasozlik instituti O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.M.Ermatov, Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi kadrlar bo’limi inspektori Z.Pattieva, Institut buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo’limi boshlig’i  N.Ibragimov hamda 200 ga yaqin talabalar ishtirok etdilar.    

     Yig’ilishni raislik qiluvchi Andijon mashinasozlik instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.M.Ermatov kirish so’zi bilan ochib, majlisning kun tartibi va reglamentini tasdiqladi hamda kun tartibidagi masala yuzasidan so’zni O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Andijon viloyat boshqarmasi kadrlar bo’limi inspektori Z.Pattievaga berdi.

     Ma’ruzachi, Z.Pattieva O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Bosh prokuratura huzuridagi mustaqil huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanishi, Byuroning asosiy vazifalarini, xodimlar maqomini, davlat ijrochilari va inspektorlarining vazifalari, Byuroga xizmatga qabul qilish tartibi, Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki o’rta maxsus yuridik ma’lumotga, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega shaxslar tayinlanishi, Byuroning boshqa lavozimlariga, shu jumladan davlat inspektori lavozimiga oliy yoki o’rta maxsus ma’lumotli boshqa mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar tayinlanishi, Davlat inspektori lavozimiga olti oy muddatga tuziladigan mehnat shartnomalariga asosan ishga qabul qilinishi, mehnat munosabatlarini davom ettirishning asosiy sharti-energiya resurslaridan qarzdorlikning kamida 80 foizdan kam bo’lmagan miqdorda undirilishini ta’minlash hisoblanishi, Byuroga xizmatga qabul qilinmaydigan fuqarolar haqida, Byuroga xizmatga qabul qilinganlarga xizmat kiyimlari, darajali unvonlar, davlat inspektorlariga maxsus toifalar berilishini, Byuro xodimlari maxsus avtotransport vositalari bilan ta’minlanishi, xodimlarning ish xaqi va moddiy rag’batlantirishlar miqdori, xodimlarning xizmat pog’onalarida yuqorilab borishi ularning ishchanlik, professional va shaxsiy sifatlari, topshirilgan sohada erishgan natijalariga muvofiq ravishda amalga oshirilishini, shuningdek ma’ruzaga oid va boshqa ma’lumotlarni ta’kidlab o’tdi hamda ushbu ma’ruza bilan birga taqdimot (prezentatsiya) namoyish etib borildi va O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tashkil etilishi, olib borayotgan faoliyati yuzasidan videorolik namoyish etildi.

 

     Shundan so’ng, ma’ruzachiga yig’ilish ishtirokchilari tomonidan o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishib, berilgan savollarga to’liq javob olib, yig’ilish savol-javob tarzida davom ettirildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi