Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 25-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosida an’anaviy ertalabki saf tortish yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.

     Yig’ilishda institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamajonov, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, Xotin-qizlar qo’mitasi institut boshlang’ich tashkiloti raisi R.Yusupova, fakultet dekanlari va dekan o’rinbosarli, faxriy ustozlar, 50 dan ziyod professor-o’qituvchilar hamda barcha fakultetlarning  talabalari ishtirok etdilar.

     Yig’ilish avvalida O’quv ishlari bo’yicha Q.Ermatov yig’ilish ishtirokchilarini Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha ishlab chiqilgan 5 ta muhim tashabbus bilan atroflicha tanishtirib o’tdi hamda yangi o’quv haftasida institutda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida axborot berdi.

     Yig’ilish so’ngida M.Xaliqova talabalar va professor-o’qituvchilarga institutda ma’naviy-ma’rifiy, o’quv, ilmiy, siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar aks etgan yangiliklarni institutning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida muntazam kuzatib borish va bevosita jarayonlarda ishtirok etishga chaqirib yig’ilishga  yakun yasadi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi