Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     

     O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019-yil 25-fevral 133-F–sonli farmoyishi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2019-yil 28-fevraldagi  205 – sonli  buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida 2019-yilda xalqaro va respublika miqyosida  o’tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasiga muvofiq Andijon mashinasozlik institutida 2019-yil 25-aprel kuni “Zamonaviy ilm-fanning innovatsion rivojlanishi” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o’tkaziladi.

      O’tklaziladigan anjumanda quyidagi muammolar muhokama qilinadi

  • ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy qilish sohasida investitsiyalarni jalb etish;
  • xususiy sektorni innovatsion faoliyatga jalb etish;
  • Innovatsion jarayonlarni rag’batlantirish, xududlar va sohalar kesimida innovatsion rivojlanishni va faollik darajasini oshirish;
  • OTM va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ishlanmalarini tijoratlashtirish.

       Anjumanning ilmiy yo’nalishlari:

  1. Texnika yo’nalishlari;
  2. Aniq va tabiiy fanlar yo’nalishlari;
  3. Iqtisodiyot yo’nalishlari;
  4. Gumanitar yo’nalishlar

Taqdim etiladigan tezislarning rasmiylashtirilishiga qo’yiladigan talablar:

  matn hajmi –3-4 bet; format – Microsoft Word; shrift – 14 , Times New Roman; matn maydoni – yuqori va pastdan  2 sm, chapdan  3 sm, o’ngdan – 1,5 sm; qatorlar oralig’i – 1 interval. Yuqoridan bosh harflar bilan ma’ruza mavzusi yoziladi, bir intervaldan so’ng muallifning ismi, sharifi, ilmiy unvoni, ish joyi to’liq yoziladi, bir interval tashlanib, matn beriladi..

Anjumanning ishchi tillari: o’zbek, rus.

Barcha ma’ruza tezislari muallifning tahriri bo’yicha chop etiladi. Tashkiliy qo’mita taqdim etilgan materiallarning to’g’riligi bo’yicha javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

Ma’ruza tezislari o’zbek va rus tillarida 2019-yil 15-aprelga qadar elektron  variantda quyidagi manzil bo’yicha qabul qilinadi:  andmikonferensiya2019@gmail.com

Murojaat uchun telefonlar: 94-109-12-11,   90-162-11-12

Mualliflik badali har bir sahifa uchun 10 000  so’m belgilandi.

Plastik karta orqali to’lov: “Clik” 8600332957911211

Rekvizitlar: oluvchining nomi MB, BB, XKKM Toshkent  shahar x/r 23402000300100001010

MFO 00014 STIR 201122919. To’lov badali uchun SHXB 400110860034017950100079001. Andijon mashinasozlik instituti. INN 202525534

     

          Anjuman ishtirokchisining tashrif ma’lumotlari (заявка на участие в конференции) namunasi institutning telegramm ijtimoiy tarmog’idagi sahifasi @andmiedu manziliga joylanadi.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi