Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Institutda viloyat Bojxona boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi. Tadbir viloyat Bojxona boshqarmasi va institut “Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti” kafedrasi tomonidan tashkil qilinib, unda professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

     Yig’ilishda viloyat Bojxona boshqarmasi bo’lim boshlig’i bojxona xizmati mayori N.Bakirov so’z olib, bojxona soxasida yuz berayotgan o’zgarishlar, eksport qilinayotgan maxsulotlarga qo’yilgan me’yoriy talablar va imtiyozlar, bojxona boji, bojxona to’lovlaridagi imtiyozlar xaqida gapirib o’tdi.

     Uchrashuv davomida soha xodimlari tomonidan talabalarni keyinchalik bojxona tizimlarida ishlari va ularning bilim va malakalarini oshirishlari yuzasidan maslahat va ko’rsatmalar berib o’tildi.

     Yig’ilish davomida bojxona faoliyatiga oid bir qator masalalar yuzasidan savol-javoblar bo’lib o’tdi.

 

 

Xayrullo Vasiev – Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi