Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 apreldagi PQ-2909 qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut Transport va logistika fakulgteti “Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universitetidan Psixologiya Instituti direktori pedagogika fanlar nomzodi, dotsent Maksimova Lyudmila Aleksandrovna taklif etildi.

 

 

      Tashrif avvalida mehmon kunning birinchi yarmida institutda har hafta o’tkaziladigan an’anaviy saf tortish yig’ilishida ishtirok etib, institutda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy sohalarda yuksak natijalarga erishgan institutning  Avtomobilsozlik, Transport va logistika fakulteti talabalarini taqdirlash marosimida qatnashdi.

 

  

     Shuningdek L.A.Maksimova 2019-yil 18-19 mart kunlari Kasb- ta’limi yo’nalishi 3-bosqich talabalarini o’quv jarayonida belgilangan “Kasbiy maxorat” fanidan ma’ruza mashg’ulotlariga jalb etildi.  Lyudmila Aleksandrovna fan o’quv dasturidan kelib chiqib “Transport va logistika” fakulgtetida “Kasbiy texnika va uning tarkibiy qismlari”, “Pedagoglarning  tarbiyalanuvchilar bilan muomalasi”, “Dars jarayonini tashkil etishda kasbiy maxorat”, “Dars jarayonida pedagog maxorati”, “Mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish” kabi mavzularda ma’ruza mashg’ulotlarini olib bordi.

     Darsdan tashqari kunni ikkinchi yarmi institut professor-o’qituvchilari, doktarantlari, magistrantlariga master-klass mashg’ulotini olib borish bilan davom ettirildi. Unda vioyatizdagi oliy ta’lim  muassalarida faoliyat olib borayotgan psixolig mutaxassislar, professor-o’qituvchilar, doktarantlar, magistrantlar ham ishtirok etdilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi