Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprel kungi PQ-2909 qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida  2019 yil 18-20 mart kunlari Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universitetidan Psixologiya Instituti direktori Maksimova Lyudmila Aleksandrovna tashrif buyurdi. Andijon mashinasozlik instituti, ”Transport va logistika” fakulteti hamda “Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi hamkorligida Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universitetidan Psixologiya Instituti direktori Maksimova Lyudmila Aleksandrovna bilan ilmiy-uslubiy va o’zaro tajriba almashish maqsadida o’quv-uslubiy bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq ishlar tashkil etildi.

     20-mart kuni institut rektori U.R.Salomov L.A.Maksimovani o’z xonasida o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov va kafedra a’zolari bilan birgalikda qabul qildi. Andijon mashinasozlik instituti va Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universiteti bilan o’zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ikki tomon vakillari bir-birlariga o’zaro millatni ifodalovchi esdalik sovg’alarini taqdim etishdi. Bundan keyingi faoliyat jarayonlari yuzasidan o’zaro kelishuv rejalari tuzib olindi. So’ngra kafedraga ajratilgan xona sharoitlari bilan tanishib chiqildi va institut ma’muriyati hamda kafedra professor-o’qituvchilarining  olib borgan ishlariga, mehmondorchiligiga katta minatdorchilik bildirdi.

L. A. Maksimovani o’z yurtiga kuzatib qo’yildi.