Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 18-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosida o’quv haftaligi an’anaviy ertalabki saf tortish yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.

     Yig’ilishda institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamajonov, Xotin-qizlar qo’mitasi institut boshlang’ich tashkiloti raisi R.Yusupova, fakultet dekanlari va dekan o’rinbosarli, faxriy ustozlar, 50 dan ziyod professor-o’qituvchilar hamda barcha fakultetlarning  talabalari ishtirok etdilar.

     Yig’ilish davomida O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov yig’ilish ishtirok etayotgan professor-o’qituvchilar va talabalarni yangi o’quv haftasida o’qish va ishlariga omad tilagan holda yaqinlashib kelayotgan Navro’z umumxalq bayrami bilan muborakbod etdi. O’tgan hafta davomida institutda amalga oshirilgan ishlar va ushbu haftada qilinishi kerak bo’lgan bir qator tadbirlar haqida axborot berdi.

     Shundan so’ng institutda o’tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlarida faol  ishtirok etib kelayotgan bir qator talabalar va professor-o’qituvchilarga institut rektorining tashakkurnomalari va esdalik sovg’alari topshirildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi