Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yil 15-mart kuni institutning katta anjumanlar zalida “Gumanitar fanlar” kafedrasi hamda institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi bilan hamkorlikda jahon adabiyoti klassik namoyondalaridan biri mavlono Jaloliddin Rumiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Mashhur ajdodlarimizning madaniy merosini va uning yoshlar tarbiyasidagi o’rni va roli” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

     Davra suhbati avvalida institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova bugungi davra suhbatidan olgan qimmatli ma’lumotlarni yodda saqlash, boshqa talabalarga ulashish, ota-bobolarimiz biz uchun yetkazib kelgan tarixni buyuk tariximizni kelajak avlodga asl holida yetkazishda ko’prik vazifasini bajarish hozirgi har bir yosh avlodni burchi va vazifasi ekaniligini ta’kidlab o’tdi va davra suhbatini o’tkazish Jaloliddin Rumiy hayoti va ijod yo’li haqidagi qimmatli ma’lumotlarni ulashish uchun so’zni “Gumanitar fanlar” dotsenti M.Nazarovga berdi.

     Davra suhbati davomida Muhiddin Nazarov tomonidan Turkiyaning Kunya shahrida tavallud topgan, dunyo madaniyati va ma’rifatiga salmoqli hissa qo’shgan, ko’plab mamalakatlarida buyuk alloma sifatida tan olingan inson mavlono Jaloliddin Rumiy hayoti, bosib o’tgan yo’li va ijodi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shu kuni mavlono Jaloliddin Rumiyning yozgan asarlaridan namunalar o’qib eshittirildi hamda ularning mazmun mohiyatiga alohida to’xtalib o’tildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi