Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

    2019-yilning 12-mart kuni Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining “Fizika va kimyo” kafedrasida kafedraning doktaranti Sultonova Feruza Mahmudjonovnaning “Osiyoda fizikaning tarixi, mazmuni, tahlili va o‘qitish metodikasi” mavzusida ilmiy –metodik seminari o‘tkazildi.

     O’tkazilgan seminarda kafedra mudiri G. Umarova, dotsent M. Xalilov, A. Qodirov, kafedra doktaranti D. Alijonov, I. Anarboyev, A. Yusupov  assistent B. Ziyayev hamda hodimlar ishtirok etdilar.

     Seminarda ilmiy ishning asosiy maqsadi Fizika ta’limini o’qitishda fizika tarixiga hissa qo’shgan olimlarning ilmiy faoliyatlarini va boy madaniy me’rosini o’rganish va tadbiq qilish,   tа’lim tizimiga yangi innovatsion texnologiyalar asosida Osiyoda fizikaning tarixi va rivojlanish bosqchlarini joriy qilish, fizika va fizika tarixini o’qitishning sifati va samaradorligini yaxshilash va takomillashtirish hamda hozirgi kunda qilinayotgan ishlar haqida slaydlar asosida ushbu mavzuni yoritib berdi.

     Seminar davomida ma’ruzachi, ilmiy seminar mavzusining ijobiy kutilayotgan natijalariga to’xtalib o’tdi va erishilgan yutuqlarni ilmiy seminar qatnashchilariga yoritib berdi, hamda ishtirokchilar faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, so’zini yakunladi.

     Mahruzachiga ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to’liq va mazmunli javoblar olindi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi